Turk xoqonligi

Turk xoqonligi – Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha o’lkalarni o’z ichiga olgan yirik saltanat (6-8-a.lar). T. x.ga doyr ma’lumotlar urxunenisey bitiktoshlari, Xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, sugd, Arab, fors, Tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan. 6-a.ning 2yarmida T.x. vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va jujanlar davlati hukm surardi. T. x.ning asoschilari bo’lmish turkiy ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining Jan. yon bag’irlarida istiqomat qilar va jujanlar davlatiga tobe edi. Jujanlar qo’l ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni engadilar. Shu tariqa og’aini Bumin va Istami 552 y. T. x.ga asos soladilar. Bumin o’zini xoqon deb e’lon qiladi (q. Bumin xoqon, Istami xoqon). 555 y.ga kelib, Markaziy Osiyoning shim. sharqidagi qabilalar, uzok, Sharqdagi kidan (Qoraxitoy), Tatabi, shivey kabi manchjur va mo’g’ul qabilalari, Enisey bo’yidagi turkiy qabilalar ham T. x. qo’shinlari tomonidan tobe etilib, 555 y.dayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi T. x. ko’l ostiga o’tadi. Turk xoqoni mug’on (553-572) Xitoyga 556- 557 y.larda yurishlar qilib, bu erdagi G’arbiy Vey (toba) sulolasi o’rnini egallagan shim. Shim. TSI (550-577) va Chjou (577-581) sulolalarini o’z ta’sir doirasiga oladi. T. x. 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hoz. Qarshi sh. yaqinidagi Erqo’rg’on xarobasi) atrofida og’ir zarba beradi. T. x. eftaliylarga qarashli Choch, Farg’ona, Ustrushona, Samarkand, Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni qo’lga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida bo’lgan Toxariston, Kobuliston, Zobuliston (shim. Afg’oniston) viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qo’shni bo’lib qolgan xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining o’ldirilishi va sug’diy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yo’lga qo’yish maqsadida yo’llangan elchilarga Eron shohining qo’pol munosabatda bo’lishi, hatto ular keltirgan ipak matolarni yoqishga buyurishi T. x. va Sosoniylar o’rtasidagi ittifoqqa raxna soladi. T. x. Eron bilan orani uzib, Vizantiya imperiyasiga yaqinlashish, u bilan savdosotiq, asosan, ipak tijoratini rivojlantirish uchun unga 567 y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik hay’atini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davlat o’rtasida ittifoq vujudga keladi. Eron — Vizantiya o’rtasida 571 y. jang boshlangach, g’arbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yili shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi va Ozarbayjonni qo’lga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 y.danoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yo’nalishi bo’ylab yurish uyushtira boshlagan Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, T. x.ning Jan.g’arbi~y chegarasi Amudaryo bo’lib qoladi. 6-a.ning so’nggi choragida Kobuliston (Kobul), Zobuliston va Xurosonning katta kismi xoqonlik tarkibiga o’tadi. 576 y.da T.x. bilan Vizantiya orasida ixtilof paydo bo’ladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor (Kerch)ni bosib oladi va 581 y.da Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Evropada xoqonlik hududi bu paytga kelib qora dengiz sohillari, Sharqda Koreya bo’g’ozi, shim.da Ural tog’lari, Enisey va Baykalbo’yi, Jan.da Afg’oniston va Shim. Hindiston hududdarini o’z ichiga olar edi. 580-y.larga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan so’ng xoqonlik bir muddat Oltoy tog’larining sharqidan to uzoq Sharqqacha bo’lgan hududni, ya’ni Jan. Sibir, Urxun havzalari (Mo’g’uliston), Shim. Xitoy hududlarini o’z ichiga oluvchi Sharqiy T. x. va Oltoy toglarining g’arbidagi xoqonlikka qaram o’lkalarni o’z ichiga oluvchi markazi Ettisuv bo’lgan G’arbiy T. x. ga bo’linib ketadi. Markazi O’tukan vodiysi (Mo’g’uliston) bo’lgan Sharqiy T. x. Shibi xoqon (609-619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 y.da Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qal’adan 39 tasi T.x. qo’liga o’tadi. 618 y.da Suy sulolasini ag’darib, uning o’rnini egallagan tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey qabilalarini, Jan.G’arbda Tuguxun (togon) davlati hamda Turfon o’lkasini bo’ysundirgach, Xuanxe daryosini kechib o’tib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. Taxtga Elxoqon (Xitoy manbalarida Xyelixan; 620-630) o’tiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624-626 y.larda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning o’limidan so’ng Sharqiy T. x. 50 yilga yaqin Xitoyga karam bo’lib qoladi. O’z davrida “o’n o’q xoqonligi” deb yuritilgan G’arbiy T. x. Istamining o’g’li tardu xoqon (576-603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, g’arbda o’z hokimiyatini kuchaytirdi. Uning o’g’li Sheguy xoqon (610— 618) davrida xoqonlik qo’shinlari Jan.g’arbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim.Sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik g’alabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qo’lga kiritadi. Uning inisi tun yabg’u (Tunshexu; 618— 630) xoqonlikning G’arbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda T. x. ning chegarasi G’arb va Jan.g’arbda, Jan.Sharqiy Evropa dashtlari, Kavkaz, Volgabo’yi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afg’onistonning aksariyat viloyatlarini o’z ichiga olardi. Uning shad unvonli o’g’li boshchiligidagi xoqonlik qo’shinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627-628 y.larda Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu erdagi sosoniylar qo’shinini engib, Tbilisi sh.ni qo’lga kiritadi. Tun yabg’u g’arbiy hududlarda xrkimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shim.dagi Mingbuloq (xitoycha Syantsyuan) mavzesiga ko’chiradi va boshqaruvda islohotlar o’tkazib qaram o’lkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar jo’natadi. 630y,larga kelib G’arbiy T. x. ham bir muddat Xitoyga qaram bo’lib qoladi. Biroq tez orada o’z qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Elbilga Ishbara yabg’u (630-641) ning qo’l ostida Sharqiy Turkistondagi kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar (Krrashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), shi’ (Kesh), Xe (Kushoniyakattaqo’rg’on), My (Marv), Kan (Sug’d) va Toxariston o’lkalari bo’lgan. Xoqonlik Istamining beshinchi bo’g’in avlodi bo’lmish ulug’ Ishbara (Xelu Shabolo; 651-657) xoqon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir necha yil kurash olib boradi. Qapag’an xoqon (691-716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari qutlug’ Eltarish xoqonning o’g’illari Bilga va Kultegin hamda To’nyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi g’avzalari hamda Shandun o’lkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qo’lga kiritadi, 699 y.da Jan.g’arbga, sobiq G’arbiy T.x. hokimiyatini qo’lga kiritgan turgashlarga va Toxariston o’lkasiga yurish qiladi. Qapag’an xoqon 700 y. Tangut o’lkasiga, 701 y. Xitoyning shim. g’arbidagi “Oltu Chub Sug’daq” o’lkasiga, 703 y.da basmillarga, 705— 706 y.larda bayirqularga, 709 y.da chik va Azlarga, 710 y.da qirg’izlar va turgashyaarta qarshi qo’shin tortib ularni qaytadan o’z tarkibiga qo’shib oladi. T.x. Movarounnahrga bostirib kirgan Arab istilochilariga qarshi 710 y.da qo’shin yuboradi va Sug’d, Shosh, Farg’ona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716— 734) hukmronligi davrida T. x. mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716 y.da Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uyg’urlartg., 1YI y.da o’g’uzlarga, 718 y.da qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka bo’ysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari Sharqda Sirdaryoning sharqidan to g’arbda Xingan tog’lari yonbag’irlari (Manjuriya), Shandun o’lkasi (Xitoyning shim.sharqi, sariq dengizdagi Boxay ko’rfazigacha bo’lgan erlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning shim. viloyatlaridan to shim.da Enisey daryosi va Baykalbo’yini o’z ichiga olganligi ma’lum bo’ladi. 740-y.larga kelib T. x. ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning o’g’illari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742-744 y.larda uyg’ur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745 y.da ittifoqchilar T. x.ning so’nggi hukmdori Baymey xoqonni o’ldirishadi va xoqonlik taxti uyg’urlar qo’liga o’tadi. T. x.ni dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qo’shishda xoqonlar Bumin (551552), Muqan (553572), Taspar (572-581), To’nga Turon (588— 600), Shibi (609-619), Elxoqon (620-630), Qutlug’Eltarish (680— 691), Bekcho’r Qapag’an (691-716), Bilga (716-734) va bosh vazir To’nyuquq (680-726), Shahzoda Kultegin (ko’l Tegin) (684-731) hamda O’n o’q boshqaruvi hukmdorlari Istami yabg’u (552576), tardu (576603), tun yabg’u (618-630) kabilar muhim rol o’ynadilar. Ular davrida T.x. tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurishlar uyushtiriladi. T. x.ning boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: bo’ysundirilgan ba’zi o’lka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka o’lpon to’lab turganlar; tobe o’lka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati. Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oralig’i hamda tutash hududlar T.x. tarkibida bo’lib, bu erdagi Shoshda tudunlar, Farg’onada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sug’dda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrig’iylar, Toxaristonda yabg’ular hokimiyati mavjud edi. Ularning ba’zilarining kelib chiqishi T. x. qukmdor sulolasiga mansub bo’lishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabg’ulari va h.k. Ad.: Gumilev L.N., Drevnie tyurki, 1967; Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993; Ko’chanov E. I., Kochevie gosudarstva ot gunnov do manchjurov, M., 1997; Asadov F. M., Arabskie istochniki o tyurkax v rannem srednevekove, Baku, 1993; Shoniyozov K., O’zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001. G’aybulla Boboyorov.