Gyugo (Hugo) Viktor Mari
Gyugo (Hugo) Viktor Mari (1802.26.2, Bezanson — 1885.22.5, Pa- Rij) — frantsuz adibi, romantizmning yirik namoyandasi. Dastlabki asari — “Qasidalar” (1821) she’rlar to’plami monarxiya g’oyalari ta’sirida bo’lib, 20-y.larning 2-yarmidan demokratik qarashlari mustahkamlana borgan. Isyon- korlik ruhi b-n sug’orilgan “Kromvel” (1827), “Sharq motivlari” (1829), “Ma- Rion Delorm” (1829), “Ernani” (1830), “Ryui Blaz” (1838) va b. she’riy va drama- tik asarlarida davrning dolzarb masala- lari aks etgan. “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi” (1831) tarixiy romani voqealari o’rta asrda bo’lib o’tadi, asar- da muhabbat fojiasi tasvirlanadi. 1848 y.dagi inqilobni olqishlagan. Lui Bo- napartning davlat to’ntarishini (1851) qoralagan. Shundan so’ng 18 yil surgunda bo’lib, qator romanlar yozgan. “Pakana Na- poleon” (1852), “Xo’rlanganlar” (1862), “Dengiz zahmatkashlari” (1866), “kulib turuvchi kishi” (1869), “bir jinoyat tari- XI” (1877-78) romanlarini yozib, ular- da oddiy frantsuzlarning og’ir hayoti va kurashini tasvirlaydi. G. romanlarida- gi buyuk va olijanob insonlar turmush- dagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. “Dahshatli yil” (1872) she’rlar to’plami frantsuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bag’ishlangan. So’nggi “93-yil” Roma- ni (1874)da inqilobga xayrixoxlik b-n qaragan. “Dengiz zahmatkashlari” (1938, 1965), “Xo’rlanganlar”ning “Kozeta” va “Gavrosh” bo’limlari (1952, 1955), “Byug Jargal” (1982) Q. Mirmuhamedov, Nur- bek, E. Obidov tarjimasida o’zbek tili- da nashr qilingan, “kulib turuvchi kishi” Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).