YUVENIL SUVLAR

YUVENIL SUVLAR — yer qa’rining o’ta chuqur joylaridan va yuqori mantiyadan ajralib chiqadigan bug’lardan, ehtimol N va O ning dissotsiasiyalangan (tarkibiy qismlarga ajralgan) atomlaridan hosil bo’lgan suvlar. “Yuvinel suvlar” termini fanga 1902 yilda E. Zyuss tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, Yuvinel suvlarning hosil bo’lishiga magma sovishida ajralib chiqqan bug’lar yoki gidrat minerallar tarkibidagi kristallizasion (minerallarning kristall panjarasidagi molekula ko’rinishidagi) va konstitusion (minerallarning kristall panjarasidagi ion shaklidagi) suvlar sabab bo’ladi.