Gastrit
Gastrit (Yun. gaster — me’da, oshqozon) — me’da shilliq qavatining yallig’lanishi; ko’pincha me’daning secret (me’da shirasi ajralishi) va harakat faoliyatining izdan chiqishi b-n birga kechadi. Odamlarda noto’g’ri ovqatlanish, spirtli ichimliklarga ruju qilish, achchiq va sho’r narsalarni muntazam is- te’mol qilish, ovqatdan zaharlanish, bi- lar-bilmas turli dorilar qabul qilish, allergiya, Helicobacter pylori mikrobi va b. sabab bo’ladi. Kasallikning kechi- shiga qarab o’tkir va surunkali g. farq qilinadi. O’tkir G.da to’sh ostida no- xush og’riq seziladi, qorin dam bo’ladi, ko’ngil ayniydi, og’iz bemaza bo’ladi va h.k. Ba’zan bemorning tinkasi quriydi, t-rasi ko’tariladi, qayt qiladi; qorin quldirashi va ich ketishi mumkin. O’tkir G.ning ayrim belgilari o’tkir Appendi- tsit, xolesistit, pankreatit va b. kasal- liklarda ham kuzatiladi, shuning uchun darhol vrachga murojaat etish zarur. Bemor parhez va vrach buyurganlariga vaqtida amal qilsa tezda tuzalib ketadi, aks holda kasallik surunkali Tue ola- Di. Surunkali G. ovqatlanish tarzining muntazam buzilishi, o’z vaktida ovqat emaslik yoki bir o’tirishda me’yoridan ortiq ovqat eyish, nuqul quruq yoki achchiq, issiq, sho’r ovqatlar iste’mol qilish va b. tufayli yuzaga keladi. Ko’pincha ruhiy toliqish, spirtli ichimliklar va tama- kining zararli ta’sirida, shuningdek ayrim dorilar (aspirin, butadion)ni muntazam pala-partish ichib yurish na- tijasida ham vujudga kelishi mumkin. Bemor tishlarining yo’kligi yoki ka- salligi, murtak bezi, o’t pufagi, me’da osti bezining surunkali yallig’lanishi ham kasallik avj olishiga olib keladi. Me’da sekretor faoliyatining holatiga qarab giperasid yoki gipoasid (me’da shirasi ajralishi sekretor va kislota- liligining ortishi yoki kamayishi) g. farq qilinadi. Surunkali G.ning belgi- lari ham o’tkir g.ga o’xshash bo’ladi, lekin bunda kasallik tezda o’tib ketmay uzoq cho’ziladi, ko’pincha bemorning ichi buzi- ladi (dam ich ketadi, dam qabziyat kuzati- ladi), tili karash boylaydi. Kasallik zo’riqqanda uning alomatlari avj ola- Di. Surunkali G. vaqt-vaqti b-n (bahor va kuz kezlari) quzib turishi mumkin. G. b-n og’rigan bemorlar oilaviy vrach na- zoratida bo’lishi lozim. Parhezga rioya qilish, fizioterapiya muolajalari, do- ridarmon, mineral suvlar, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish kerak. Hayvonlarda ovqatlanish rejimi- ning buzilishi yoki ularga buzilgan em- xashak, iflos suv berilishi, zaharli o’t eb qo’yishi, kimyoviy dorilarning noto’g’ri qo’llanishi natijasida paydo bo’ladi. Kasal hayvon bo’shashib qoladi, ishtahasi pasayadi, og’iz shilliq pardasi quriydi, sarg’ayadi, tili oqaradi, og’zidan qo’lansa hid keladi. Ba’zan harorati ko’tariladi, siydik miqdori kamaya- Di. G. b-n qattiq og’rigan hayvonlarda umuman bo’shashishdan tashqari tomir urishi susayadi yoki bir tekis urmay- Di, qon bosimi pasayadi. Qoramolning beli bukchayib qoladi, suti kamaya- Di, tishini g’ijirlatadi, titraydi. Cho’chqalar qornini erga berib yotadi. Ot sovuq narsalar va devorni yalaydi. Davosi: kasallik sababi aniqlanib, bartaraf qilinadi, hayvon tinch qo’yiladi, dastlabki 1-2 kun yarim och qoldiriladi, ich suradigan dorilar ichi- riladi. Keyin hayvonni quvvatga kiri- tadigan dorilar beriladi. Kasalligi o’z vaktida aniqlangan va vaktida davo- langan hayvonlar 1-2 haftada tuzalib ketadi. Ularda G. kamdan-kam hollarda surunkali formata o’tadi (u o’tkir g.ning takrorlanishi oqibatida kelib chiqishi mumkin). Bunda kasallik uzoqqa cho’zilib ketmasligi uchun g.ni vaktida davolash zarur.