2 fevral kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Butunjahon Suv-botqoq hududlari kuni.
? Chana itlari kuni.
? Revmatoid haqida xabardorlik kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Ozarbayjon – Yoshlar kuni.
?? Estoniya – Shamlar kuni.
?? Daniya – Mysunde jangi kuni.
?? Rossiya – Stalingrad jangidagi g’alaba kuni.
?? Estoniya – Tartu shartnomasi imzolangan kun.
?? Filippin – Konstitutsiya kuni.
?? AQSh – Tipratikan kuni.
?? Kanada, ?? AQSh – Sug‘ur kuni.
?? Tailand – Milliy qishloq xo’jaligi kuni.
?? Eron – Milliy kosmik texnologiyalar kuni.
?? Tailand – Ixtirochilar kuni.

? VOQEALAR:

  • 629 – imperator Dzyomey Yaponiyaning 34-imperatori boʻldi.
  • 962 – Otton I Buyuk Gʻarbiy Yevropada 40 yil ichida ilk bor imperatorlik tojini kiydi.
  • 1141 – Angliyada fuqarolar urushi: Linkoln yonidagi jang.
  • 1238 – Botuxon Moskvani talon-taroj qildi.
  • 1440 – Fridrix III Gabsburg Germaniya qiroli boʻldi.
  • 1461 – Qizil va oq atirgullar urushi: Yorklarning Mortimer-Kross jangidagi ishonchli g‘alabasi.
  • 1536 – Pedro de Mendosa Buenos-Ayres shahriga asos soldi.
  • 1626 – Karl I ingliz taxtiga o‘tirdi.
  • 1680 – Subxonqulixon Qarshi shahrida turganida xonlik darajasiga koʻtariladi.
  • 1701 – Boltiq floti tashkil topdi.
  • 1886 – AQShda birinchi marta Sug‘ur kuni rasman bayram qilindi.
  • 1892 – Metall shisha qopqog’i patentlangan.
    -1905 – Sankt-Peterburgdagi Misr koʻprigi qulab tushdi.
  • 1918 – SSSR Xalq Komissariati «Cherkovni davlat va maktabdan holi ekanligi» haqida dekret chiqardi.
  • 1920 – RSFSR va Estoniya o‘rtasida Tartu tinchlik sulhi imzolandi.
  • 1920 – Xivada Inqilobiy qo‘mita tuzildi.
  • 1922 – «Uliss» romani chop etildi.
  • 1929 – “Oʻzbekiston SSRning shaharlari va shahar punktlari roʻyxatini tuzish toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi.
  • 1943 – Stalingrad jangida 91 000 nafar nemislar feldmarshal Paulyus boshchiligida asir olindi.
  • 1946 – Janubiy Saxalin va Kuril orollari SSSR tarkibiga kirdi.
  • 1971 – Ramsar (Eron) shahrida “Suv va botqoq hududlar to‘g‘risidagi Konvensiya” imzolandi.
  • 1982 – Suriyada Islomiy harakat bilan boʻlgan toʻqnashuvda tinch aholi vakillari qurbon boʻldi.
  • 1986 – Lixtenshteynda ayollar birinchi marta saylovlarda ishtirok etushdi.
  • 1998 – Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
  • 2009 – Eron “Umid” sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchirdi.
  • 2019 -O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1861 – Mehmed VI Vohid ud-Din (1926) – Usmonlilar imperiyasining soʻnggi, 36-sultoni (1918-1922).
  • 1882 – Jeyms Joys (1941) – ingliz yozuvchisi.
  • 1885 – Mixail Frunze (1925) – Turkistonda sovet rejimini qurol kuchi bilan oʻrnatgan shoʻro harbiy arboblarvdan biri.
  • 1904 – Boʻzurg Alaviy (1997) – Eron yozuvchisi.
  • 1904 – Valeriy Chkalov (1938) – rus sinovchi-uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1936).
    -1905 – G‘ayratiy (Abdurahim Abdullayev, 1976) – O‘zbekiston xalq shoiri.
  • 1915 – Sultonov Muhammad – gelmintolog olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1968).
  • 1944 – Oqil Oqilov – Tojikiston Bosh vaziri (1999-2013).
  • 1952 – Pak Kin Xe – Koreya Respublikasining 11-prezidenti (2013-2016). Mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezident.
  • 1956 – Adnan Oktar (Horun Yahyo) – turk yozuvchisi va publisisti, islomga kreativ yondoshuvchi.
  • 1977 – Shakira – kolumbiyalik qo‘shiqchi.
    – 1982 – Marina Radish – Moldovalik opera qo‘shiqchisi (soprano). 
  • 1986 – Gemma Arterton – ingliz aktrisasi, film produseri.
  • 1987 – Jerar Pike – ispan futbolchisi, jahon va Yevropa chempioni.