Trigonometriya
Trigonometriya (Yunoncha trugonon — uchburchak va …metriya) — mat.ning trigonometrik funktsiyalarining xossalari, uchburchakning tomonlari bilan burchaklari orasidagi munosabatlarni o’rganuvchi bo’limi. Sinuslar, kosinuslar, tangenslar teoremalari Trigonometriyaning asosiy natijalaridan hisoblanadi. Trigonometriya keng amaliy tatbiklarga ega. T.f. matematikada muhim rol o’ynaydi. Muhammad alXorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Battoniy, Abul vafo, Nasiriddin Tusiy asarlarida Trigonometriyaga asos solingan, Regiomontan rivojlantirgan, L. Eyler asarlarida hozirgi belgilashlar va bayon uslubi shakllangan.