Tunkat
Tunkat — o’rta asr shahar xarobasi (mil. 5-12-a.lar). Ohangaron daryosi havzasida joylashgan. M. E. Massoy (192934) va yu. F. Buryakov (195962) tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Umumiy mayd. 50 ga. Ark, Shahriston va raboddan iborat bo’lib, atrofi mudofaa devori bilan o’ralgan. T. o’rnidagi qishloq 5-a. boshlarida chorvador qabilalarning o’troqpashishi tufay-li vujudga kelgan. 6-a.ga kelib qishloq shaharga, 6-a. oxirida esa Iloq poytaxtiga aylangan. Qoramozor tog’larida oltin va kumush konlari mavjuddigi T.ning tez taraqqiy etishiga imkon bergan. T. arkida hokim saroyi, masjid qurilgan. Shahriston va raboddan ko’plab metall, shisha va sopol buyumlarning topilishi, T. da hunarmandchilik rivoj topganidan darak beradi. T.dan, shuningdek, zebziynat buyumlari, qurolyarog’lar va ko’plab tangalar topilgan. T.ning o’z zarbxonasi bo’lgan. Krraxoniylar bilan kurash, qazilma boyliklarining tugab qolishi va T.ning savdo yo’lidan chetga chiqib qolishi natijasida 11-a.ning 2yarmidan shahar tanazzulga uchragan. 12-a.dan T. kimsasiz, tashlandiq holga kelib qolgan. Ad.: Masson M. E., Axangeran. Arxeologotopograficheskiy ocherk, T., 1953; Buryakov Yu . F., Genezis i etapo’razvitiya gorodskoy kulturo’tashkentskogo oazisa, T., 1982.