Tuproqning kimyoviy tarkibi

Tuproqning kimyoviy tarkibi — tuprokdagi mineral, organik, organikmineral va ba’zi kimyoviy elementlar. Tuproqning mineral kismi birlamchi (kvars, dala shpatlari, amfibollar, piroksin, slyuda va h.k.) va ikkilamchi (montmorillonit, kaolinit, gidroslyuda va h.k.) minerallardan tashkil topgan. Tuproqning organik qismi gumusdan iborat. U gumin, fulvo kislotalar hamda gumin moddalardan tarkib topgan bo’lib, elementlar tarkibi doimiy emas. Och tusli sur tuproqlarning A gorizontidagi gumus mikdori 1 -1,5, azot 0,08—0,14% ni, tipik bo’z tuproqlarda esa 1,5—3,5 va 0,1—0,2% ni, taqirda 0,3—0,8 va 0,03—0,06% ni, sur tusli qo’ng’ir tuprokdarda 1% gacha va 0,07% dan kamroqni tashkil etadi. Tuproq eritmasida organik va mineral moddalar hamda gazlar bor. Erigan moddalar ion, molekulyar va kolloid shakllarda mavjud bo’ladi. Eritmada mineral birikma anionlaridan KQ, NQ, gazlardan SO2, O2 va h.k., organik birikmalardan — organik kislotalar, qand, aminokislotalar, spirtlar, fermentlar, oshlovchi moddalar va b., organikmineral moddalardan — gumus kislotalari, polifenollar, kichik molekulyar organik kislotalar va h.k.ning bo’lishi xarakterli. Tuproqning gazsimon qismi (hajmiy foizlarda) 78,1 N, 19-21 O2, 0,1—1,0 SO2 dan iborat; qo’shimcha sifatida ammiak, gleyli va botqoqtuproqlarda esa vodorod sulfid, metan va vodorod uchraydi (yana q. Tuproq). Xushvaqt Nomozov.