Turdiev Amin

Turdiev Amin (1910.10.8 Toshkent — 1978.13.3) — aktyor, rej. O’zbekiston xalq artisti (1955). Toshkent pedagogika bilim yurtini tugatgan (1927). Moskva Badiiy teatri qoshidagi rej.lik kursida o’qigan (1947). Internatda,so’ng “urfon” maktabi qoshidagi drama to’garagida qatnashib, “baxtsiz kuyov” spektaklida kuyov rolini o’ynagan. Aktyorlik faoliyatini Hamza teatri krshidagi Ishchisayyor teatrida boshlagan (1929— 32), so’ng asosiy truppaga (1932-33) o’tgan. “Hujum” (Yan, Cho’lpon)da sartarosh (Eshon), “Halima” (G’.Zafariy)da hammol va Bibiniso kampir, “Arslon” (Fitrat)da dehqon yigit rollarida chiqqan. Samarkand, Namangan viloyat teatrlarida badiiy rahbar (1934-37), Andijon teatrida bosh rej. (1951-52), yosh tomoshabinlar teatrida badiiy rahbar (1963-67). T. ning hayoti va ijodi Hamza teatri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, 1939-51, 1952— 63 va 1967-78 y.lar shu teatrda aktyor, rej. sifatida faoliyat ko’rsatgan. 2-jahon urushi davrida “Jaloliddin” (M. Shayxzoda) spektaklida Chingizxon obrazini yaratgan. Umuman, aktyor sifatida T.ning mahorati salbiy va xarakterli obrazlar talqinida yorqin namoyon bo’lgan. Zargarov (A.Qahhor, “og’riq tishlar”), Husayn Boyqaro (uyg’un, I.Sultan, “Alisher Navoiy”), Kassio (U.Shekspir, “Hamlet”), Jon Robertson (Yu.Krotkoe, “Jon — tinchlik askari”), Abdusalom (E.Vohidov, “Oltin devor”) kabi yaratgan obrazlarida tashqi qiyofasiga, qahramonlarning xattiharakati, yurishturishiga, nutk,iga katta e’tibor bergan. Sahna nutqidagi mahorati tufayli u ko’p yillar N.Rahimov bilan “tabassum” radiojurnalini olib borgan. Rej. sifatida milliy teatrda “Burgutning parvozi” (I.Sulton; I.Bersenev bilan hamkorlikda), “kechirilmas gunoxlar” (I. O’ktamov), “Shamsiqamar” (M. Abliev), “Turkiya haqida hikoya” (N.Hikmat; A.Ginzburg bilan hamkorlikda) spektakllarini saqnalashtirgan. T. kinoda ham esda qolarli obrazlar yaratdi (rais, “Stadionda uchrashamiz”; Qodirqul mingboshi, “boy ila xizmatchi”; Beklarbegi, “Furqat” va b.). Ac: Sahnam, sahnadoshlarim, T., 1976.