“Turk so’zi”
“Turk so’zi” — ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va adabiy turk gazetasi. 1918 y. mayda Toshkent sh.ning Shayxontohur dahasida Saidalixuja Eshonxo’ja o’g’li boloxonasida chop qilingan. Haftada 2 marta chiqqan. Gaz. “Birlashgan turk o’rtoqligi” jamiyati nashri hisoblangan. Bosh muharriri — Temurbek Xudoyorxonov. “T.e.””So’z va hayotdan o’z nasibangizni olingiz” shiori ostida faoliyat ko’rsatgan. Gaz.ning asosiy maqsadi millatni siyosiy, iqtisodiy asoratdan qutqarish bo’lgan. Ammo bolsheviklarning Turkiston o’lkasida milliy matbuotga bo’lgan salbiy munosabati oqibatida ushbu gaz. ham o’z faoliyatini to’xtatishga majbur bo’lgan. “T.s.”da ko’proq Muhammad Said (Axroriy), Tuyg’un va b. ziyolilarning maqolalari berib borilgan.