Tunlamlar, tungi kapalaklar

Tunlamlar, tungi kapalaklar (Noctuidae) — tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 25 mingga yaqin turi ma’lum. Kapalaklari o’rtacha va mayda (3-5 sm), krramtir, oldingi qanotlarida bir xil naqshi bor, qorni tuklar bilan qoplangan. Kapalaklarning og’iz apparati so’ruvchi, qurtlariniki kemiruvchi tipda. Qurtlarining ko’pchiligi yalang’och, g’umbagi qizg’ishjigarrang yoki qo’ng’ir. Kapalaklari gul va daraxt shirasi bilan oziklanadi. Yangi qo’ygan tuxumi sarg’imtiroqish. Qurtlarida 3 juft ko’krak oyog’ining birinchi bo’g’imida va 10 juft qorin oyog’ining 1-8 bo’g’imida nafas olish teshigi joylashgan. T., asosan, kechasi uchadi. O’simlik qoldiqlari yoki tuproqqa 300 tagacha tuxum qo’yadi. Ba’zi T. qurtlari tuproqda yashab, o’simlik ildizlari yoki poyasining ildiz bo’g’izlarini kemiradi (mas., ko’k qurt tunlami, undov tunlami). Ayrimlari o’simlik bargi, shonasi, guli, ko’sagiga zarar etkazadi (mas., karadrina, ko’sak qurti, beda tunlami va b.). Hammaxo’r T.dan karam tunlami karam, lavlagi, no’xat va b. ekinlarni; Jan.da tarqalgan ko’sak qurti va karadrina g’o’za, makkajo’xori, no’xat, pomidor va b.ni; Uzoq Sharq va O’rta Osiyoning Jan.ida tarqalgan o’tzor tunlami, asosan, turli ekinlarni, Markaziy rnlarda uchraydigan gamma tunlami zig’ir va lavlagini; kuzgi tunlam qand lavlagi va kuzgi g’alla ekinlarini; janub yoki yovvoyi tunlam — sabzavot va b. ekinlarni zararlaydi. O’rta Osiyoda uchraydigan mingdevona T.i, shuvoq T.i, janub poya T.i va b. ekinlarga ko’p zarar keltiradi. Kurash choralari: begona o’tlar yo’qotiladi, er chuqur haydaladi, o’simlik qator oralari yumshatiladi, almashlab ekish joriy etiladi, urug’lar ekishdan avval dorilanadi, entomafaglardan foydalaniladi, qurtlarga qarshi ekinlar insektisidlar bilan ishlanadi va h.k. Ad.: Xo’jaev Sh. T., G’o’za tunlami va unga qarshi kurash, T., 1982; Adilov Z.K., Primenenie trixogrammi dlya borbi s sovkami na xlopchatnike v usloviyax Uzbekistana, T., 1986.