“Turkiston to’plami”
“Turkiston to’plami”, “O’rta Osiyo va xususan Turkiston o’lkasiga oid asar va maqolalarning Turkiston to’plami” — O’rta Osiyo tarixi, etn., iktisodi, botanikasi, arxeologiyasi, geol. si, xalqning turmushi va madaniyatiga oid noyob bibliografik asar. O’rta Osiyo haqidagi alohida kitoblar, gaz. va jurnali qirqimlaridan tuzilgan bo’lib, jami 594 jilddan iborat. Uning 1867-87 y.larga oid materiallarni o’z ichiga olgan 416 jildi bibliograf VM.Mejov tomonidan tayyorlangan. U matbuotda O’rta Osiyo hakida e’lon qilingan barcha ma’lumotlarni kiritishga harakat qilgan. To’plamni nashr etish nshlari 1888 y.da Turkiston ma’muriyati ko’rsatmasi bilan to’xtatilgan, faqat 1907 y.ga kelib davom ettirilgan. “T.t.”ning davomini tuzishga O’rta Osiyo haqidagi adabiyotlar bo’yicha mutaxassis N.V. Dmitrovskiy, etnofaf A.A.Divaev, Turkiston xalq kutubxonasining mudiri I.P.Zikov, sharqshunos olim yu.F.Bonchosmolovskiylar jalb etilgan. Ular hamkorligida (asosan, gaz. materiallaridan iborat) to’plamning yana 127 jiddi tuzilgan. Bibliograf va kutubxonashunos A.A. Semyonov 1911-16 ylarda “T.t.”ning 48 ta jiddini tuzdi. Bu to’plam tuzilish jihatdan ilgarigilardan yuqori turadi. Bibliograf E.K.Betger tahriri ostida 1939 y. “T.t.”ning so’nggi 3 jiddi tuzilgan. Bu jildlar M.A.Terentevning 1917 y.gacha tayyorlangan “O’rta Osiyoning bosib olinishi tarixi” asari, uning xarita va planlaridan tashkil topgan. “T.t.”ning hamma jildlarida mualliflar tomonidan alifboli ko’rsatkich tuzilgan. “T.t.”O’rta Osiyoga doir ko’p tadqiqotlar uchun muhim manba bo’lib xizmat kidali. To’plamning barcha jildlari O’zbekiston milliy kutubxonasi fondida saqlanadi. Ad.: Mejov V.I., Bibliografiya Azii, 1—2j.lar, T., 198194.