TURKISTON QISHLOQ XO’JALIGI TAJRIBA STANTSIYASI

TURKISTON QISHLOQ XO’JALIGI TAJRIBA STANTSIYASI – mahalliy sharoitlarda qishloq xo’jaligi. ekinlarini etishtirish usullari va selektsiyasini o’rgangan i. t. muassasasi. 1898 y. da Toshkent yaqinida Rossiya er ishlari bo’limi tomonidan ochilgan. Dastlab dalachilik va bog’dorchilik bo’limlaridan iborat bo’lgan, shuningdek, agrotexnika lab. ham tashkil etilgan. 1902 y. dan styada tezpishar g’o’za navlari, tokchilik, polizchilik bo’yicha tadqiqot olib borilgan, ipak qurti o’rganilgan, mahalliy suv va tuproq tarkibi g’amda ularning birbiriga ta’siri tadqiqqilingan. Styaga prof. F.M.Garnichgarniskiy (1898— 1903), P.P.Shreder (1903-25) rahbarlik qilgan. 1925 dan stya O’zbekiston qishloq xo’jaligi tajriba styasi (hozirgi akad. R. R. Shreder nomli bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti)ga aylantirilgan.