“Turon”

“Turon” — adabiy-siyosiy gazeta, 1917 y.da Abdulla Avlonip muharrirligi ostida Toshkent sh.da haftasiga 3 marta chop etilgan. Mirmuhsin Shermuhamedov Buxoro ulamolarini tanqid qilib gaz.ning 2sonida yozgan maqolasidan so’ng, 1917 y. iyulida nashr ishlari to’xtatilgan. Gaz. 1917 y. 14 sent.dan Nizomiddin Isomiddin o’g’li va Muhammad Amin Afandizodalarning muharrirligida yana bir qancha muddat nashr etilgan. “T.”sahifalarida Nizomiddinqori, Muhammad Amin Afandizoda, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Shokirjon Rahimiylarning makrlalari berib borilgan. Gaz.ning 15 soni O’zbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar bo’limida saklanadi.