YULDUZLAR TO’DASI

YULDUZLAR TO’DASI — yagona protoyulduzda tug’ilgan bir necha yuzdan bir necha yuz minggacha yulduzlarning fizik va dinamik bog’liq bo’lgan sistemasi. Yulduzlar to’dasi shakli, yoshi va massasi bo’yicha tarqoq va sharsimon turlarga bo’linadi. Yulduzlarning tarqoq to’dalari nisbatan yosh (=107 +10* yil), massalari =10″ Quyosh massasiga teng. Ular Galaktikamizning tekislik tashkil etuvchi ob’yektlaridan hisoblanib, uning disk qismida joylashgan. Shu kungacha 2000 dan ortiq tarqoq Yulduzlar to’dasi aniqlangan. Aslida ular 20 mingtaga yaqin bo’lib, asosiy qismi yulduzlararo gaz va chang tufayli kuzatilmaydi. Tarqoq to’dalar somon Yo’lisat spiral tarmoqlarda joylashgan. Bu to’dalar Gersshprung — Ressel diagrammasining bosh ketma-ketligi yulduzlaridan va qisman gigantlardan iborat. Yulduzlarning sharsimon to’dalari Galaktikamizning eng qadimgi ob’yektlari hisoblanadi. Ular massasi 104 — 106 Quyosh massasi atrofida bo’lib, Galaktikaning galosi (yorug’lik xalqasi) da bir oz balj qismida joylashgan. Sharsimon to’dalar asosan, qizil gigant, qisqa davri tsefeidalar, bosh ketmaketlikning quyi qismiga taalluqli yulduzlardan iborat. Galaktikamizda sharsimon to’dalardan 150 ga yaqini topilgan, jami esa 200-250 ta bo’lishi mumkin, deb taxmin qilinadi.