Tursunov Toshpo’lat

Tursunov Toshpo’lat (1932.7.5, Toshkent) — teatrshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1992). San’atshunoslik fanlari dri (1985), prof. (1986). Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat arbobi (1995). Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1954). Shu int qoshidagi metodika bo’limining mudiri (1954 — 55), 1955 58, 1961 64, 1969 73y.larda San’atshunoslik intida turli ilmiy lavozimlarda ishlagan. O’zbekiston Madaniyat ishlari vazirligi repertuarredaktsion kollegiyasining bosh muharriri (1964 — 69), teatr va rassomlik san’ati intining sirtqi o’quv bo’limining dekani (1973 — 74), ilmiyijodiy ishlar bo’yicha prorektori (1974 — 77), rektori (1987 — 96). Ayni vaqtda Teatrshunoslik kafedrasi mudiri (1974 — 98), 1999 y.dan kafedra prof. T.ning ilmiy faoliyati O’zbekiston teatrlari tarixi, teatr va dramaturgiya, sahna san’ati, aktyor mahorati masalalarini o’rganishga bag’ishlangan. “Darbadar”, “Alpomish” pesalarini yozgan. “Bandai gumroh” (B. Brext), “konsul o’g’irlandi” (G. Mdivani), “yaralangan yuraklar” (I. Afandiev), “dunyoga ruju qilsang” (D. Valeev), “sud oldidan” (K. Amirov), “Chet ellik kuyov” (A. Papayan), “metrodagi hodisa” (N. Baer), “oq ertak, oppoq ertak” (V. Petrosyan) kabi asarlarni tarjima qilgan. As: Karim qiziq Zaripov, T., 1960; Turg’un Azizov, T., 2004.