To’yingan eritma

To’yingan eritma – ma’lum sharoitda (tra va bosimda) erigan moddalar bilan barqaror muvozanatli eritma. Mas., tuzning suvdagi eritmasida ayni tuzning kristallari mavjud bo’lgan eritma; gazning suvdagi eritmasidan ushbu gaz o’tkazilgan eritma. Eritmaning ma’lum massa miqdorida yoki ma’lum hajmida erigan modda mikdori eritmaning kontsentrasiyasi deyiladi. T.e. kontsentrasiyasi, ya’ni undagi erigan modda miqdori uning eruvchanligi deb ataladi. Ma’lum sharoitlarda suvda yoki erituvchida moddaning erishi davom etea va shu modda kristallari hosil bo’lmasa, ya’ni erigan moddalar mikdori T.e. kontsentrasiyasidan kam bo’lgan eritma to’yinmagan eritma deyiladi. Eritma astasekin soviganda unda erigan moddalarning kristallanishisodir bo’lmasligi mumkin, u holda o’ta to’yingan eritma hosil bo’ladi. O’ta to’yingan eritmada T.e.ga qaraganda erigan modda ko’proq; bunday eritmaga juda oz miqdorda erigan modda kristallari kiritilsa, eritmada kristallarning cho’kishi ro’y beradi.