Tug’ma kumush
Tug’ma kumush — tug’ma tabiiy elementlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi deyarli sof Ag(l,5% dan ko’p bo’lmagan aralashmalardan), Ai, Hg, Sb, Bi yoki Si ning Ag dagi tabiiy qattiq eritmalari orasida o’zgarib turadi. Turlari: kyustelit (Ai 10% gacha), kongsbergit, arkverit, bordozit (Hg muvofiq ravishda 5,13 dan 30%gacha), animikit, allargentum (Sb 11 — 15%), chilenit (Bi 5% gacha), kumush (Si 0,1% gacha). T.k. markazlashgan qirrali kub singoniyada kristallanadi. Chili (Xanarsilo)da topilgan ulkan taxta ko’rinishidagi T.k.ning og’irligi 1420 kg. Rangi oq bo’lib, ko’pincha usti yupqa qora parda bilan qoplangan bo’ladi. T.k. kam uchraydi, metallsimon yaltiraydi. yumshoq, oson bolg’alanuvchan. Qattiqligi 2,5, zichligi 10,5 g/sm1. Gidrotermal tomirlarda ko’proq sulfidli polimetall konlarning tsementlanish va oksidlanish zonalarida kaltsit, flyuorit, adulyar hamda Ag, so, Ni, Bi, U minerallari va boshqalar bilan birga uchraydi. T.k. konlari xorijda Norvegiya (Kongsberg), Kanada (kobalt), Germaniya (Shneberg va Annaberg) va b. joylarda mavjud. T.k. tug’ma oltin bilan birga kumush, kolchedan, qo’rg’oshinrux konlarining oksidlanish zonasida uchraydi (Ural, Jezqazgan, Potosi va b.). O’zbekistonda Qurama tog’larining rudali konlarida keng tarqalgan.