Translyasiya

Translyasiya (lot. translatio — uzatish) — 1) voqea yuz berayotgan joy (teatr, kontsert zali, stadion, bayram marosimlari)dan radioeshittirish va teleko’rsatuvlarni studiyadan tashqarida bevosita eshittirish yoki ko’rsatish, shuningdek, boshqa shaharlardan xalqaro aloqa liniyalari bo’yicha keladigan dasturlarni mahalliy radiostantsiya yoki telestantsiyadan uzatish. Radio T.da voqea yuz berayotgan joyga mikrofon o’rnatiladi, undan kelayotgan radiosignallar studiyadan tashqaridagi maxsus apparatxona (transpunkt)da qayta ishlanib, efirga uzatiladi. Apparatxonada kuchaytiruvchi, ovoz yozib oluvchi, kommutasiyalovchi (q. Kommutasiya), o’lchovli apparatlar va b. jihozlar bo’ladi. Televizion T. ko’chma televizion stya orqali amalga oshiriladi. Ba’zi ob’ektlarda, xuddi radio T.dagi kabi, televizion transpunktlar tashkil qilinadi; 2) elektr aloqada (retranslyasiya) aloqa traktining oraliq punktlarida sim orqali keladigan elektr signallarni yoki radiosignallarni qabul qilib va qayta ishlab, manbadan iste’molchi tomon yo’nalishda uzatish; bunda kucheiz signallarni kuchaytirish ham mumkin. Bunday T.dan, asosan, uzoq masofali aloqani (mas., erdagi styalar orasida kosmik aloqani, erdagi styalar bilan kosmik kema orasidagi alokani) tashkil qilishda foydalaniladi. Bunda oraliq kuchaytiruvchi qurilmalar, retranslyatorlar va b. qurilmalar qo’llanadi; 3) aloqaning masofasini oshirish uchun elektr signallarni uzatish zanjiriga ulanadigan oraliq qurilma (mas., telegraf aloqada — regenerativ T.); 4) simli radioeshittirishning eskirgan nomi; 5) EHM (kompyuter) uchun tuzilgan dastur bayonini bir programmalash tilidan ikkinchisiga, mas., mashina tiliga o’tkazish; 6) fiz. yoki mat. ob’ektni fazoda o’ziga parallel ravishda to’g’ri chiziq (T. o’qi) bo’ylab ma’lum masofaga ko’chirish.