Torog’iz baqalar

Torog’iz baqalar (Brevicipitidae) — dumsiz suvda va kuruklikda yashovchilar turkumiga mansub hayvonlar oilasi. 260 turi bor. Daraxt ustida, erda, tuproqni kovlab yashovchi turlari mavjud. Tashqi ko’rinishi va tuzilishi juda xilmaxil. Tanasining uz., odatda, 2-4 sm, ayrim turlariniki 10 sm dan ortiq. Urg’ochisi nisbatan yirik. T. b. ning og’zi tor (nomi shundan). Tungi hayvon. Hasharotlar, asosan, chumolilar va termitlar bilan oziqlanadi. Suv havzalarida ko’payadi. Ko’payish davrida baland ovoz bilan sayraydi. Quruqlik muhitiga moslashuv natijasida ayrim T.b. rivojlanishida itbaliqdavri yo’qolgan. Janubi Sharqiy Osiyo, Avstraliya, Jan. Afrika, Madagaskar va Amerikaning tropik kismida tarqalgan.