TOROG’IZ ILONLAR

TOROG’IZ ILONLAR (Leptotyphlopidae) — ilonlar kenja turkumi oilasi. Ko’rinishi chuvalchangsimon, mayda, uz. 30-37 sm, 40 (ba’zi manbalarda 47) turi bor. T.i.ning tashqi ko’rinishi O’zbekistonda uchraydigan ko’rilonga o’xshash. Tanasi 14 qator joylashgan to’garak tangachalar bilan qoplangan. Chanoqkamari skeleti rudimenti saklanib qolgan. Yuqori jag’ida tishlari yo’q. Pastki jag’larida 2 qator mayda tishlari bor. Og’zi katta ochilmaydi (nomi ham shundan). T.i. er ostida yashaydi. Afrika, Jan.G’arbiy Osiyo, Jan. va Markaziy Amerikada tarqalgan. Tuproqsa, toshlar ostida va termitlar uyasida yashaydi. Shomda faol. T.i. termit, chumoli va mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. 4 tagacha tuxum qo’yib ko’payadi.