Gaz kondensatlari

Gaz kondensatlari-tabiiygazning yo’lakay, rangsiz, tiniq, harakatchan turli uglevodorodlar aralashmasi; metan qatori (alifatik), aromatik (asiklik) va naftenin (alisiklik) tizimli tarkibga ega. Tabiiy gaz konlarining deyarli 60— 70% i g. k. bo’lib, ularning tizim tar-kiblari konning parametrlariga (T, R va b.) bog’liq. Gaz konlarining chuqurligi (150-5500 m), gaz harakati, bosimi, mazkur konning holatiga qarab G. k. uglevodorodlari ushbu kon gazi b-n turli nisbatda fazaviy muvozanatda bo’ladi. Demak, G. k. gaz quduqlaridan gazga nisbatan turli miqdorda erigan holda (50-800 g/m3) ishlab chiqariladi. G. k. ko’proq gaz-neft havzalaridan gaz i. ch. jarayonida normal sharoitda gazda erigan uglevodorodlar majmuasini kondensatlab (suyultirib) olinadi. Zero tabiiy gazni ba’zi yo’lakay qo’shimcha suv, turli zaharli gazlar va b.dan tozalamasdan iste’molchilarga (g. k. uzatish quvurlariga) berib bo’lmaydi. Shuning uchun gazni qayta ishlash sanoatining mukammal rasional va xavfsiz i. ch. tizimi shakllantiriladi. O’zbekistonning Muborak, Sho’rtan, Uchqir, Gazli, Zevardi, Ko’kdumaloq va b. gazni qayta ishlash z-dlari yiliga 50 mlrd/m3 gazning deyarli 90% ini tozalab iste’molchilarga etkazib beradi. G. k. maxsus qurilmalarda maqbul holga keltirilib, neftni qayta ishlash korxonalarida neft b-n birga benzin, kerosin va dizel yonilg’isi olish uchun ishlatiladi. Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi faqat Ko’kdumaloq G. k. dan yonilg’i oladi. G. k. dan faqat yonilg’i emas, balki yana ko’p moddalar: benzol, toluol va ksilollar, lok bo’yoq tizimli erituvchilar va maxsus kompozision suyultiruvchilar olish mumkin. G. k. organik va neftkimyoviy sintezlar uchun muhim xom ashyo, xalq xo’jaligida yarim mahsulot sifatida ishlatiladi (q. Gaz sanoati). Ad.: Nasionalnaya korporasiya “O’zbekneftegaz”, T., 1998. Ahmadjon Alimov.