Galley (Halley) Edmund
Galley (Halley) Edmund (1656.29.10, Xaggerston, Angliya — 1742.14.1, Grinvich) — ingliz astronomi va geofizigi. Oksford un-ti prof. (1703), 1720 ydan Grinvich rasadxonasi direktori. Ilmiy ishlari Sayyora va kometalarning harakati nazariyasiga, er magnetizmini tadqiq qilishga oid. G. yulduzlarning xususiy harakatlari borligini aniqlagan. Bir kometa (“Galley”) uning nomi b-n ataladi. Erdan Kuyoshgacha masofa (astronomik birlik)ni aniqlash usulini ishlab chiqqan. Osmonning Jan. yarim sharidagi 321 yulduz uchun katalog (jadval)ni (1676-78), 1698-1700 y.lardagi ekspedisiya natijasida birinchi mukammal geomagnit xaritani tuzgan (1701).