Galogenlar

Galogenlar (Yun. hals — tuz va genes — tug’ilish), galoidlar — Mendeleev davriy sistemasi VII guruhining asosiy guruhchasiga mansub kimyoviy elementlar (ftor F, xlor S1, brom Vg, yod J va astat At). G. metallar b-n birikib tuz hosil qiladi (mas, osh tuzi NaCl). G. ning sirtki elektron qavatida 7 ta elektron bor. G. metallar b-n birikkanida ularning bir elektronini tortib olib, qaytariladi. (q. Oksidlanishqaytarilish reaktsiyasi). G. reaktsiyaga kirishuvchan bo’lib, ko’pgina kimyoviy elementlar b-n bevosita birikadi. G. metallar va metallmaslar b-n birikib galogenidlar, kislorod b-n oksidlar (ftordan tashqari) hosil qiladi. G.ning atom radiusi ortishi b-n kimyoviy faolligi ftordan yodga tomon kamayib boradi. Oddiy sharoitda ftor va xlor gaz, brom suyuqlik, yod va astat qattiq moddalardir. Astat — radioaktiv element. G. molekulasi ikki atomli. Barcha G. (ftordan tashqari) suvda eruvchan. Brom b-n yod trixloretan, etanol va b. erituvchilarda yaxshi eriydi. G. (astatdan tashqari) tabiatda keng tarqalgan; ko’pgina minerallar tarkibiga kiradi. Dengiz suvlari tarkibida bo’ladi; erkin holda uchramaydi. Kimyoviy xossalari jihatidan g.ga o’xshash bo’lgan disian (CN)2, dioksosian (CON)2, ditiosian (SCN)2 psevdogalogenlar, tarkibida CN, CON, SCN guruhlari bor metallar tuzlari psevdogalogenidlar deb ataladi.