GEGENBAUR

GEGENBAUR (Gegenbaur) Karl (1826. 21.8, Vyursburg — 1903. 14. 6, Geydelberg) — nemis biologi, qiyosiy anatomiyada filogenetik yo’nalish asos- chilaridan biri. Yena (1855 y. dan) va Geydelberg (1872 y. dan) un-tlari prof. Umurtqasiz hayvonlar embriologiyasida 2 qavatli (keyinchalik gastrula deb atal- gan) lichinka hosil bo’lishini birin- chi bo’lib tasvirlagan, meduzalarning ko’payishi va rivojlanishini o’rgangan. Umurtqalilar tuxumi bitta hujayradan iborat bo’lishini isbot qilgan. Skelet filogeniyasi misolida organlar gomo- logiyasi printsiplarini ishlab chiqqan. Juftoyoqlarning kelib chiqishini is- botlash uchun “ikki tomonlama arxip- terigiya” nazariyasini kashf etgan; bosh suyagini akulalar tog’ayidan kelib chiqishini ko’rsatib bergan. G. biogene- tik qonunta tanqidiy nazar b-n qaragan. Uning qiyosiy anatomik tadqiqotlari bitta tipga mansub bo’lgan voyaga etgan hayvonlarni tekshirish b-n cheklangan. Uning “arxetip” organlar g’oyasi o’z dav- rida qiyosiy anatomik tadqiqotlarning namunasi sifatida katta ahamiyatga ega bo’ldi. G. qarashlari Darvingacha bo’lgan davr Natur falsafiy an’analarining ifodasi edi.