YUNG KARL GUSTAV
YUNG KARL GUSTAV (1875.26.7, Bazel — 1961.6.6, Syurix) — shveytsariyalik psixolog va faylasuf, psixoanalitik maktab asoschisi. Kollektiv g’ayrishuuriylik haqidagi ta’limotni rivojlantirib, g’ayrishuuriylik timsollarini umuminsoniy ramziyatning, shu jumladan, afsonalar va tush ko’rishning manbai deb bilgan. “Metamorfozalar va libido ramzlari” (1912), “Ruhiy tiplar” (1921) asarlarida inson ruhi tabiatini ochib beradigan g’oya va fikrlarni ilgari surdi. Ong va ongsizlikka oid masalalarni talqin qildi. Yung fikricha, psixoterapiyaning maqsadi har bir shaxsga o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan individ sifatida yondashishdan iborat. Qiyosiy dinshunoslik, mifologiya, xalq og’zaki ijodi (K. Kereni, M.Eliade va boshqalar)ga, shuningdek estetika va adabiy-badiiy tanqid (G. Rid, Buyuk Britaniya va boshqalar)ga ta’sir ko’rsatgan. 1948 yil Syurixda Yung instituti, 1958 yil xalqaro tahliliy psixologiya jamiyati tashkil qilingan.