YUNG

YUNG, Yang Tomas (1773.13.6, Somerset grafligi, Milverton — 1829.10.5, London) — ingliz fizigi, vrachi va astronomi; yorug’lik to’lqin nazariyasini yaratuvchilardan biri. London va Qirollik jamiyati a’zosi (1794), shu jamiyat kotibi (1802-28). London, Edinburg va Gyotting untlarida o’qigan. London Qirollik intiprofessor (180103). Fanda, asosan, fizik olim sifatida tanilgan. Ko’z akkomodatsiyasini ta’riflab bergan (1793), to’lqinlar superpozitsiya printsipini tavsiya etgan (1800). Birinchi bo’lib yorug’lik interferentsiyasini tushuntirgan (1801), “interferentsiya” atamasini kiritgan (1803). Yung tajribasi deb ataluvchi tajribani o’tkazgan (1802). Ultrabinafsha nurlar interferentsiyasini kashf etgan (1803). Rangli ko’rish nazariyasini ishlab chiqqan va rangli nurlarning to’lqin uzunligini o’lchagan (1803) va hokazo. Siljish deformasiyasini o’rgangan, Yung moduli deb ataladigan fizik kattalikni kiritgan (1807).