YUMSHOQ TANALI TOSHBAQALAR

YUMSHOQ TANALI TOSHBAQALAR, yumshoq terili toshbaqalar — chuchuk suv toshbaqalari oilasi. Tanasi va yassilashgan suyak sovuti (uzunligi 25-90 santimetr) yumshoq teri bilan qoplangan. Muguz qalqoni bo’lmasligi tufayli teri orqali nafas olishda ishtirok etadi. Tumshug’i cho’ziq yumshoq xartumchaga aylangan. Xartumi uchida burun teshigi joylashgan. Oyoq panjalari keng. Barmoqlari orasida suzgich parda bor. 7 urug’i va 70 turi ma’lum. Janubiy Sharqiy Osiyo, Afrika va Shim. Amerika daryolarida tarqalgan. Amur daryosi havzalarida uzoq Sharq toshbaqasi uchraydi. Yumshoq tanali toshbaqalar — yirtqich, serharakat, asosan, baliqlar va mollyuskalar bilan oziqlanadi. 20 dan 70 gacha tuxum qo’yadi.