Germanii

Germanii (lot. Germanium), Ge — Mendeleev davriy sistemasining IV guruhi kimyoviy elementi. Tartib nomeri 32; at.m. 72,59. Barqaror izo- toplari beshta: 7″Ge (20,52%), 72Ge (24,43%), 73Ge(7,76%), 74Ge(36,54%) va 76Ge(7,76%). G.ning juda ko’p sun’iy radioaktiv izotoplari olingan. G. mav- judligini 1871 y.da D. I. Mendeleev oldindan aytdi; uni “ekasilisiy” deb atadi va davriy sistemada bu element uchun joy qoldirdi. 1886 y.da nemis kimyogari K. Vinkler argirodit nom- li mineral tarkibida o’sha vaqtda ma’- lum bo’lmagan element borligini topdi va unga vatani — Germaniya sharafiga G. deb nom berdi. G. tarqoq element. Er po’stida og’irlik jihatidan 7-10~4* ni tashkil qiladi. Tabiatda erkin holda uchramaydi. Qushimchalar holida te- Mir, pyx, nikel-volfram rudalarida, toshko’mir, torf, neftda, termal suvlar- da, suv o’tlarida va silikatlar tarkibida bo’ladi. Asosiy minerallari: germanit (6,2-10,2%), argirodit (3,65-6,93%), re- nierit (5,46-7.80%) va plyumbogermanit (8,18%). Erkin G. kulrang tusli metall; zichligi 5,33 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 938,25°, qaynash t-rasi 2850°. Olmos ti- pida kristallanadi. Atom radiusi 1,39 A. G. mo’rt, uni mexanik ishlash qiyin. G. tipik yarimo’tkazgich. Havoda barqaror; cho’g’holatigacha qizdirilganida oksidla- nib GeO2 ga aylanadi. G.ga suyultiril- gan xlorid va sulfat kislota ta’sir etmaydi. Nitrat kislota g.ni GeO2 ga qadar oksidlaydi. G. o’z birikmalarida +2 va +4 valentli bo’ladi. 500-700° gacha qizdirilganda GeO va GeO2 gacha oksid- lanadi. Germaniy (1U)-oksid GeO2 — kristall holdagi oq modda. 1035° gacha te- tragonal panjarali a-GeO2 holatda tur- g’un. Suyuklanish t-rasi 1086°, zichligi 6,277 g/sm3. 10,35° dan yuqorida a=GeO2 geksagonal panjarali, zichligi 4,280 g/ sm3 bo’lgan 3-GeO2 ga aylanadi. Germaniy (1U)-oksid g. olishda oraliq mahsulot; maxsus shishalar, sirlar, emallar, optic tolalar i. ch.da, muxim g. birikmalari, germanatlar va b. olishda ishlatiladi. G. oltingugurt b-n 600-700°da GeS, 1000- 1100° da GeS2, selen b-n 500° da GeSe hosil qiladi. Galogenlar b-n oson reak- tsiyaga kirishib, tetragalogenidlar bera- Di. Azot, kremniy, vodorod, uglerod b-n bevosita birikmaydi. G. va uning birik- malari yarimo’tkazgich materiallar, turli xil diodlar, tranzistorlar, detektor- lar, termoelektrik va termoemission materiallar, zargarlik mahsulotlari va maxsus krplamalar tayyorlashda qo’llaniladi.