Gerodot

Gerodot (Yun. Herodotos) (mil. AV. 490 va 480 y. orasi, kichik Osiyo- ning Jan.-g’arbidagi Galikarnas —mil. AV. taxm. 425, Afina yoxud furiya, Jan. Italiya) —”tarix otasi” deb nom olgan yunon tarixchisi. Yoshligida mustabid hokimiyat (tiraniya)ga qarshi faol kurash- gan va Galikarnasda shunday hokimiyat o’rnatilgach, vatanini tark etishga maj- bur bo’lgan. Bir necha vaqt Samos o.da yasha- gan. Mil. AV. taxm. 455-447 y.larda bu- tun kichik Osiyo, Misr, Bobil, Finikiya, Kirena, Yunonistonning Bolqondagi shaharlari. Qora dengiz sohillari bo’ylab (Olviya sh.gacha) sayohat qilib, skiflar haqida ma’lumot to’plagan. Uzoq muddat Afinada yashagan; g.ning Afina demokratiyasining yo’lboshchisi perik- lta yaqinligi uning siyosiy qarashlariga kuchli ta’sir qilgan. G. taxm. 443 y. Afinadan Furiyaga ko’chib o’tgan. G.ning asari shartli ravishda “Tarix” deb nom olgan bo’lib, yunonlar tarixi- ning eng muhim siyosiy voqeasi —yunon- fors urushlari (mil. AV. 500-449 y.lar) ga bag’ishlangan. Keyinchalik Aleksandri- yalik olimlar g. asarini muzalar soniga karab 9 kitobga ajratganlar, har bir kitob muzalardan birining nomi b-n atalgan. G. “Tarix”ining asosiy g’oyasini yunon dunyosining sharqdunyosi b-n ku- rashi tashkil qiladi. G. Lidiya, Midiya. Axomaniylar davlati tarixi, tabiiy sharoiti va murakkab hayoti, aholisining o’tmishi, dini, o’ziga xos urf-odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik b-n bayon etib, tarixiy voqealarni keng taxlil qilgan. Asarning 5-kitobida g. o’zining asosiy maqsadi —yunon-fors urushlari tarixini bayon qilishga ki- rishgan. Antik adabiyotda birinchi bo’lib skiflarning hayoti va turmush tarzlari g. asarida tadrijiy suratda bayon etilgan. Xususan G. O’rta Osiyoda yashagan massaget- lar haqida batafsil ma’lumotlar kelti- rib, massagetlar malikasi To’marisning Axomaniylar podshosi kir II b-n bo’lgan jangini yuksak mahorat b-n bayon qilgan. As: Rus. Per. — Isto- riya v devyati knigax, L., 1972. Faxriddin Hasanov.