Geologik qidirish

Geologik qidirish – foydali qazilma konlarini ochish va istiqbolini aniqlash uchun bajariladigan geologik, geokimyoviy va geofizik tadqiqotlar. G. q. geologik s’yomka b-n birga o’tkaziladi. Shuningdek, avval bajarilgan geologik s’yomka materiallari asosida ham g. q. olib boriladi. Qidirish o’tkazilayotgan joylarda foydali qazilmalar borli- gi ehtimolini ko’rsatuvchi yoki foydali qazilmalar joylashishini bashoratlov- chi xaritalar keng ko’lamda ishlatiladi. Foydali qazilma konlarining hosil bo’lishi sharoitlarining joy geol. si- ning ayrim unsurlari b-n bog’likligi G. q. ishlarida muhim. Foydali qazilma konlari borligidan yoki konlar hosil bo’lishi imkoniyati mavjudligidan darak beruvchi turli geologik omillar, struk- tura elementlari va b. qidirish belgila- ri deb yuritiladi. Stratigrafik, lito- logik, tektonik, petrografik, geokimyo- viy, geomorfologik va b. qidirish bel- gilari bor. Tub jinslarning ochiqligi darajasi, bo’sh jinslar qoplamining qalinligi, joyning relefi va b. Geo- logik sharoitlarga qarab g. q.da maxsus dala va lab. ishlari bajariladi. Er ustida olib boriladigan geologik-mi- neralogik tadqiqotlar Daryo tosh bula- klari, muzlik valunlari va shlix metod- larini uz ichiga oladi. Antropogen bo’sh yotqiziqlar b-n qoplangan joylarda muz- lik valunlari, Daryo shag’allari, qiyalik sochmalaridan ruda bo’laklari qidirib topilib, ularning tarqalish sharoit- lariga qarab ruda bo’lagi qaysi joydan keltirilganligi aniqlanadi. Shlix yuvish usulida Daryo qumi va yon bag’ir bo’sh yotqiziqlardan shlix namunasi oli- nib, maxsus novda yuvilib, og’ir fraktsiya (shlix)AA qimmatbaho minerallar (ol- tin, platina, qalay-tosh, volframit, ol- mos va b.) aniqlanadi. Nazariy taxmin- larga asoslanib chuqurlikda ruda konla- ri bo’lish ehtimoli bulgan joylarda g. q.da burg’i quduqlari goho chuqur shaxta va shtolnyalar kovlanadi. Geokimyoviy tadqiqotlar metallometrik, gidrokimyo- viy, emanasion, gazli, biogeokimyoviy va geobotanik s’yomkalar o’tkazilib baja- riladi. Geofizik tadqiqotlar tog’jin- slari va foydali qazilmalarning bir qancha fizik xossalarining bir-biridan farqini o’rganishga (mas, qayishqoqlik, magnitlilik, elektro’tkazuvchanlik, zich- lik, radioaktivlik) asoslangan. Bun- Day tadqiqotlarda samolyot, vertolyot, er sun’iy yo’ldoshlaridan keng miqyosda foydalaniladi.