YUNUS PARI

YUNUS PARI — “Go’ro’g’li” turkumi dostonlaridagi obraz. Shu turkumdagi hamma dostonlarda u Go’ro’g’lining vafodor xotini, do’sti, maslahatgo’yi, aqlu farosatda, jasorat va obro’da, qo’pincha undan ustun turadigan ayol sifatida tasvirlanadi. Tengsiz go’zal, mehribon ona — o’gay o’g’li Avazxonni muhabbat bilan ardoqlaydi. El-yurt xavf ostida qolganda Go’ro’g’li, Avazxon va boshqalar boshiga og’ir qunlar tushganda Yunus pari Misqol pari va Gulnor parilar bilan birgaliqda yordamga otlanadi, jangga kirib qahramonlik ko’rsatadi.