Transgressiya

Transgressiya (lotincha transgressio — o’tish) — okean, dengiz va ko’llar suvining quruqlikka bosib kelishi. Transgressiyaning kelib chiqishiga erning tektonik harakatlar natijasida bukilishi va okean (dengiz) suvi sathining ko’tarilishi sabab bo’ladi. Transgressiya jarayonida abraziya ro’y beradi, suv ostidagi qadimgi qatlamlar yuvilib ketib, yangi qatlamlar paydo bo’ladi. Transgressiya Yer geologik tarixining hamma davrlarida bo’lib o’tgan. Eng yirik Transgressiya kembriyning quyi va o’rta, yuqori devon — quyi karbon, yuqori bo’r, neogen — to’rtlamchi davrlarda bo’lgan. Yer yuzasining sayyoraviy miqyosda egilishi tufayli birinchi marta O’rta Osiyoning ancha qismi, aynan O’zbekiston hududining 70-80% maydoni dengiz suvi ostida qolgan. Transgressiv jinslar foydali qazilma turlariga boy.