Transfert, transfer

Transfert, transfer (Fransuzcha transfert — o’tkazish, ko’chirish) — 1) chet el valyutasi yoki oltinni bir mamlakatdan boshqasiga o’tkazish; 2) nomi yozilgan qimmatli qog’ozlarga egalik huquqini bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga berish; 3) bitishuvlarga doyr to’lovlarni bir hisobvaraqdan boshqasiga o’tkazish; 4) Markaziy hokimiyat tomonidan undirilgan soliqlarning bir kismini mahalliy hokimiyat organlariga o’tkazish. Amaliyotda o’tkazma to’lovlar, ya’ni davlat byudjetidan ijtimoiy ehtiyojlar uchun aholiga to’lanadigan nafaqa va pensiyalar, tadbirkorlarga to’lanadigan subsidiyalar, davlat qarzi bo’yicha to’lanadigan foizlar ham Transfert (“transfert to’lovlari”) deb ataladi.