Traektoriya

Traektoriya (lotincha traectorius — harakatga oid) — fazoda harakatlanayotgan moddiy nuqta hosil qiluvchi chiziq. Moddiy nuqtalardan iborat tizim harakatlanganda uning har bir nuqtasi o’zining Traektoriyasi bo’ylab harakat qiladi. Moddiy nuqtalar tizimining holati holatlar fazosida nuqta hisoblanadi va uning Traektoriyasi holat Traektoriyasi deb ataladi. Matematikaning differentsial tenglamalar va dinamik tizimlar kabi sohalarida Traektoriya tushunchasi asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Differentsial tenglamalar va dinamik tizimlar nazariyalarida ba’zan Traektoriya chiziq bo’lmasligi xam mumkin. Chunki harakatlanayotgan nuqtaning koordinatalari bir o’zgaruvchili funktsiyalar bo’lib, ular differentsial tenglamalar tizimining maxsus nuqtasi (muvozanat g’olat) bo’lsa, bu nuqtadan o’tuvchi traektoriya shu nuqtaning o’zidan iborat bo’ladi.