TOG’TOL
TOG’TOL (Salixcutifolia) — toldoshlar oilasiga mansub, yirik buta yoki pakana daraxt. Tabiiy holda Sibir, O’rta Osiyo va shim. Kavkazda usadi. Shoxcha-lari egiluvchan, rangi qizg’ishqung’ir yoki qizil; barglari ensiz nashtarsimon, uchi ingichka, uz. 10— 15 sm, eni 0,7—1,2 sm, tuksiz, to’q yashil, yaltiroq, bandi sarg’ishqizil. Mart—apr.da gullaydi, so’ng barg yozadi. Kuchalasi oq tuklar bilan krplangan. T. issiq va sovuqqa chidamli, er tanlamaydi. Qalamchasidan ko’paytiriladi. Manzarali va ihota daraxt sifatida ko’p ekiladi. Po’stlog’ida oshlovchi modda — tannin bor (q. Tol),