Toxariston, To’xoriston

Toxariston, To’xoriston hoz. Jan. O’zbekiston, Jan. Tojikiston, Shim. Afg’onistonni o’z ichiga olgan tarixiy viloyat. Shim.da Hisor tog’lari, Jan.da Hindukush, G’arbda Murg’ob va Herirud daryolari, Sharqda Pomir bilan chegaralangan. “T.”nomi mil. AV. 2-a. da YunonBaqtriya podsholigini tugatgan ko’chmanchi qabilalardan biri — toxarlar nomidan olingan. Fors va Arab tarixchi, geograflari (9-13-a.lar) “T.» atamasini 5-a.dan 13-a.gacha qo’llagan. T. mil. 1-4-a.larda Kushon podsholigi tarkibiga kirib, uning o’zagini tashkil qilgan. Kushon podsholigi parchalangach, T. alohida mulklarga bo’linib ketgan. 7-a. boshida Syuan Szanning so’zlariga ko’ra, T. 27 ta alohida mulk: Balx (Baqtriyaning sobiq poytaxti), Qunduz (Shim. Afg’onistonda), Termiz, Chag’oniyon, xuttal va b.dan iborat bo’lgan. 5 -6 a.larda T. mulklari eftaliylarta, 7-a.da Turk xoqonligiga tobe bulgan. 618 y. turk xoqoni tun yabg’u (618 — 630) T. ni to’ng’ich o’g’li Tardushodga topshirgan. U yabg’u unvoni bilan T.da hukmronlik qilgan turkiy sulola asoschisi bo’lgan. 8-a.ning 1yarmida T.ni arablar zabt etgan. Keyinchalik u Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, G’uriylar davlati tarkibiga kirgan. 13-a. boshida T. mo’g’ullar istilosi natijasida vayron qilingan. O’zbek va tojik arxeologlari, Frantsiya, Italiya, Yaponiya va b. mamlakatlarning olimlari olib borgan tadqiqotlar T. O’rta Sharqning yirik iqtisodiy va madaniy markazi bo’lganligini ko’rsatdi. T. O’rta Osiyoning boshqa viloyatlari, Hindiston, yaqin va uzoq Sharq bilan savdomadaniy aloqalar o’rnatgan. Kushonlar va ilk o’rta asrlarda T. Markaziy Osiyoda buddaviylik, shuningdek, moniylikning rivojlanishi va tarqalishida muhim rol o’ynagan. 9-13-a.larda T. Islom madaniyati va ilmining markazlaridan biri bo’lgan. Ad.: Bartol D V. V., Toxaristan, Sochineniya, t.Z, M., 1965; Kamal iddi Nov Sh . S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazo’chno’m istochnikam IX — nachalo XSH vv., T., 1996. G’aybulla Boboyorov.