YUNUSOVA TAMARA YUNUSOVNA

YUNUSOVA TAMARA YUNUSOVNA (1937.19.11, Toshkent 2005.25.1) — raqqosa. O’zbekiston xalq artisti (1973). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1954). 1954-57 yillar O’zbek davlat estradasi, 1957 71 yillar “Bahor” ansambli, 1971-86 yillar “O’zbekkontsert”, 1986-89 yillar O’zbek davlat filarmoniyasida ishlagan. Uning raqslari yengil va yaxlit harakatlari, inson ichki kechinmalarini nafis va serjilo harakatlarda ifodalay olish, o’ziga xos xiromi bilan ajralib turadi. Uning repertuaridan mumtoz va zamonaviy (“Tanavor”, “Sho’x qiz”, “Bahor tongi”, “Rohat”, “Pilla”, “Nay yallasi”, “Zavqim kelur”, “Uchrashuv” va boshqalar) hamda tojik, qozoq, rus, hind, Arab, yapon va boshqalar xalqlar raqslari o’rin olgan. 5-(Varshava, 1955), 6-(Moskva, 1957), 8-(Xelsinki, 1962) jahon yoshlari festivallari laureati.