TAQSIMLASH QURILMALARI

TAQSIMLASH QURILMALARI – 1) telefon aloqada — telefon styasidan keluvchi telefon kabeli simlarini magistral (asosiy) liniyadan taqsimlash (tarqatish) tarmog’iga ulash uchun mo’ljallangan taqsimlash kugilari (shkaflari). Shu erdan abonentlarga alohidaalohida simlar jufti tortib ketiladi. T.q.ning kichik (10 juft telefon simi tortishga mo’ljallangan); o’rtacha (10, 20, 30 juft simga mo’ljallangan) va katta (300, 600 va 1200 juft sigma mo’ljallangan) xillari bor. Telefon T. q. yopiq (eshikli) quti tarzida yasaladi; quti ichida simlar juftiga Moe sonli ulash qisqichlari (klemmalari) bo’ladi; 2) elektr energetikasida — elektr toki ishlab chiqarish. manbalari (elektr styasi generatorlari, transformatorlar, tok o’tkazuvchi qismlarn ing izolyasiyasi sifatida chinni izolyator va havo, shuningdek, epoksid izolyasiyadan foydalaniladi. Kuchlanish 60 kv va bundan yuqori bo’lganda ixcham germetik KRU qo’llanadi. Bunda izolyasiya sifatida elegaz (SF6) ishlatiladi (bosim bir necha atmosfera).