YUNNAN
YUNNAN — Xitoyning Janubiy g’arbiy qismidagi provintsiya. Maydoni 436,2 ming kilometr kvadrat. Aholisi 41,4 million kishi (1999). Ma’muriy markazi — Kunmin shahri provintsiya Yunnan tog’ligining katta qismini egallaydi. Iqlimi subtropik mussonli, Janubda tropik iqlim. Yirik daryolari: Yantszi, Mekong, Saluin. Yunnan mineral xom ashyo va gidroenergiya zaxiralariga boy. Xo’jaligi agrarindustrial xarakterga ega. Ekin maydonining 80% ga sholi, makkajo’xori, bug’doy, grechixa, kartoshka kabi oziqovqat ekinlari ekiladi. Yiliga 2 marta hosil yig’ib olinadi. Shuningdek, raps, yer yong’oq, tamaki, choy, paxta, qand lavlagi va boshqalar tropik ekinlar ham yetishtiriladi. Chorvachilikda, asosan, qoramol va cho’chqa boqiladi. Ipakchilik rivojlangan. Yog’och tayyorlanadi. Qalay, temir, mis va qo’rg’oshinrux rudalari, ko’mir qazib olinadi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, o’rmon, kimyo, tsement, metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Muhim sanoat markazi — Kunmin shahri. Qadimda hozirgi Yunnan hududida tay, li, Myao va boshqalar xalqlar yashagan. 3-6-asrlarda turli davlatlar tarkibida bo’lgan. 13-asrda mo’g’ullar bosib olgan va yuan imperiyasi tarkibiga kirgan. 17-asrning 2-yarmidan Xitoy provintsiyasi.