YURA

YURA — Frantsiya va Shveytsariyadagi tog’lar. Shveytsariya yassitog’ligi bilan Burgundiya tekisliklari oralig’ida yoysimon shaklda 250 kilometrga cho’zilgan. Eng baland joyi 1718 metr. Asosan, ohaktosh va mergellardan tuzilgan. Karst keng tarqalgan, daryolar tog’larni chuqur o’yib yuborgan. G’arbiy yon bag’ri zinapoyasimon pasayib boradi, sharqi tik. Keng bargli va igna bargli o’rmonlar bilan qoplangan, yaylovlar bor. Rezervatlar tashkil etilgan.