Texas ildiz chirishi, ozonioz

Texas ildiz chirishi, ozonioz — o’simlik kasalligi, tuproq zamburug’i Ozonium omnivorum Shear. [Phymatotichum omnivorum (Shear). Dugg.] dan paydo bo’ladi. Bu kasallik tashqi karantin ob’ekti. Madaniy o’simliklarning 2000 ga yaqin turi, jumladan, g’o’zada ham uchraydi. Shonalash davrida o’simlikning ildiz sistemasi va poyasining tuproqdan 2-3 sm yuqori qismi kasallanadi. O’simlikning so’lishi uchidan boshlanadi va pastdagi barglarga tez o’tadi, barglar qorayib, mo’rt bo’lib qoladi, ildizi qizg’ishsariq dog’lar bilan qoplanadi, po’stlog’i yog’ochdan oson ko’chadi, chunki zamburug’ o’simlik to’qimasi (kambiy)ga va tomirlariga kiradi. Zamburug’ildiz sirtida konidiya va sklerosiy hosil qilib rivojlanadi; issiq nam sharoitda qurib qolgan o’simlik tupi atrofidagi tuproq yuzasida mayda oq tolasimon g’ubor ko’rinishida konidiyabandlar rivojlanadi. Ularda tezda Texas tabiati manzarasi. spora konidiyalar hosil bo’ladi. Zamburug’zararlangan urug’lik va miseyliy yoki sklerosiy kurinishda o’simlik ildiziga yopishgan tuproq bilan birga tarqaladi. Sklerosiylar tuprokda kamida 12 y.gacha yashovchanligini saklaydi. Kurash choralari: karantin, chetdan keltirilgan urug’likni fitopatologik tekshirish.