YURIDIK JAVOBGARLIK
YURIDIK JAVOBGARLIK — huquqbuzarga nisbatan davlat qo’llaydigan choralar. Yuridik javobgarlikning maqsadi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, tartibga solish va muhofaza etishdir. Yuridik javobgarlik qonuniylik, adolatparvarlik, jazoning muqarrarligi, maqsadga muvofiqlik, ayb uchun javobgarlik, bir huquqbuzarlik uchun ikki tomonlama javobgarlikka yo’l qo’yilmasligi kabi tamoyillarga asoslanadi. Yuridik javobgarlik faqat qonunda belgilangan tartibda va vakolatli organning tegishli qarori asosidagina vujudga keladi. Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: jinoiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, fuqarolik huquqiy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, moddiy javobgarlik. Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda konstitutsiyaviy, ekologik javobgarlik turlari ham ko’rsatiladi.
O‘xshash so‘zlar
- YURIDIK SHAXS
- YURIDIK SHAXS
- YURIDIK MASLAHAT
- YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG’I
- YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR
- YURIDIK SHAXSLARNING DAROMADIDAN (FOYDASIDAN) SOLIQ
- YURIDIK SHAXSLARNING (NO QISHLOQ XO’JALIK) YER SOLIG’I
- YURISDIKTSIYA




