Topaz

Topaz (Yun. topazos — Kizil dengizdagi Orol nomidan) — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Al2[SiO4][OH,F]r Fe2Q, Fe3Q, Ti, Cr, V va b. aralashmalarga ega. Romb singoniyada kristallanadi. Rangsiz, och sariq, och havo rang, pushti bo’lib, nur ta’sirida o’zgaradi. T.ning 60-80 kg dan 120 kg gacha bo’lgan kristallari ma’lum. Qattikligi 8, zichligi 3,4—3,6 g/sm3. T. asosan, rangli pegmatit va pnevmotolit konlarida dala shpati, kvars, turmalin, berill, volframit, kassiterit bilan birga, ba’zan esa sochmalarda uchraydi. T. ning piknit, fizalit (pirafizalit) kabi turlari mavjud. Shaffof T. — uchinchi tartibli qimmatbaho tosh. T.li jinslar (greyzenlar) olovbardosh material sifatida ishlatiladi. T. konlari Ukraina, RF (Ural), Braziliya, Madagaskar va Yaponiyada mavjud. O’zbekistonda Qurama, Chatqol va Markaziy Kizilkum tog’laridagi feyzenlarda uchraydi.