“Tong yulduzi”
“Tong yulduzi” — bolalar va o’smirlar gazetasi. Muassis — O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati. Haftada 2 marta chiqadi. Birinchi soni 1929 y. 1 avg. da Samarkandda “Lenin uchquni” nomi bilan chiqqan (3000 nusxada); 1931 y.dan Toshkent sh.da chop etiladi. 2jahon urushi yillari gaz.ni nashr etish vaktincha to’xtatilgan. 1946 y. 1 iyuldan yana nashr qilina boshlagan. 1992 y.dan hoz. nomda. Gaz.ga turli davrlarda Hotam qirg’iz, Y.Shamsharov, Sanjar Tilla, Ramz Bobojon, G’.Jahongirov, S. Yo’ldoshev, J. Razzoqov, A. Ko’chimov, A.Berdimurodov va b. muharrirlik qilishgan. Sahifalarida O’zbekistondagi maktab o’quvchilari hayotiga oid maqola va xabarlar, ular ijodidan namunalar, bolalar uchun badiiy asarlar va b. bosiladi. Adadi 50.000 (2004). Muharriri Umida Abduazimova (1995 y.dan).
O‘xshash so‘zlar
- «TOSHKENT AVIASIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI» DAVLAT AKTSIYADORLIK JAMIYATI
- «Toshkent haqiqati»
- «TOSHKENT LOKBO’YOQ ZAVODI» AKTSIYADORLIK JAMIYATI
- «Toshkent oqshomi», «Vecherniy Tashkent»
- «Toshkent traktor zavodi» davlat aktsiyadorlik jamiyati
- «TOSHKENT VINO KOMBINATI» AKTSIYADORLIK JAMIYATI
- «TOSHKENT YOG’MOY KOMBINATI» AKTSIYADORLIK JAMIYATI
- «Toshkent» respublika fond birjasi











