YURIY DOLGORUKIY

YURIY DOLGORUKIY, Yuriy Vladimirovich Dolgorukiy (11-asrning 90-yillari oxiri — 1157.15.5) — Suzdal va Kiyev knyazi, Vladimir Monomaxnit 6 o’g’li (Janubiy Rusdagi ishlarga doimo aralashib turgani uchun Dolgorukiy laqabini vafotidan so’ng ayrim rus yilnomachilari tomonidan olgan). 1120 yil Yuriy Dolgorukiy Volga bulg’orlari ustiga yurish qilgan. Rostov Suzdal yeri Monomax tomonidan Yuriy Dolgorukiyga berilgan edi. Uning qarorgohi Suzdalda bo’lgan. Pereyaslavl-Zalessk, Yurev va boshqalar shaharlarni bino qilgan. Uning hukmronligi davrida, 1147 yil ilk marotaba manbalarda Moskva shahri qayd etilgan, Yuriy Dolgorukiy 1156 yil shaharni mustahkamlagan, shu tufayli u Moskvaning asoschisi hisoblanadi. 1954 yil Moskvada haykali o’rnatilgan.