Tok barg o’rovchisi
Tok barg o’rovchisi (Polychroses bortana) — barg o’rovchilar oilasiga mansub kapalak, tokning xavfli zararkunandasi. Qanotlarini yozganda 10-13 mm, oldingi qanotlari chipor, yashilkulrang, sarg’ish, ko’kimtirkulrang dog’lari bor. G’arbiy Evropa, Ukraina, Jan. Kavkaz, Zakavkaze va O’rta Osiyoda tarqalgan. 1 yilda 3, O’rta Osiyoda 4 marta nael beradi. G’umbagi zang po’stlog’i ostida, poya yoriklarida qishlaydi. Kapalagi bahorda sho’ralarga, ezda g’ujumlarga tuxum qo’yadi. Qurti, asosan, sho’ra, g’o’ra, g’ujumni zararlaydi. Zararlangan mevalarda kulrang chirish rivojlanadi. Kurash choralari: kasallikka chidamli navlar ekiladi, tok tuplari ishkom va suriga ko’tariladi, toklarga insektisidlar bilan ishlov beriladi, eski po’stloklar olib tashlanadi.