Tojiev To’lqin Jo’raevich
Tojiev To’lqin Jo’raevich (1936. 13.4, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1959). 1959-96 y.lar Hamza teatrida aktyor. Asosiy rollari: Bobchinskiy va Xlestakov (N. Gogol, “Revizor”), Edgar, Yago (U. Shekspir, “Qirol Lir”, “Otello”), Mansur va Jomiy (uyg’un, I. Sulton, “Alisher Navoiy”), Orif (I. Sulton, “Imon”), Abdullatif (M. Shayxzoda, “Mirzo Ulug’bek”), Jontoy (Ch. Aytmatov, “sarvqomat dilbarim”) va b. Yago — uning sahnadagi eng murakkab, ayni vaqtda eng muvaffaqiyatli rollaridan biri. U yaratgan obrazlarida har bir qahramonga xos xarakter, uning tashqi ko’rinishi va ichki kechinmalarini ochib berishda aktyor mahoratining barkamolligi ko’zga tashlanadi. Chuqur psixologik talqin, ijtimoiy xarakterning o’tkirligi, yorqin milliy kolorit T. ijodiga xos. T. kinodagi rollari bilan ham tanilgan: Jurjoniy (“Abu Ali Ibn Sino”), Hakim (“Ikkinchi bahor”), Mahmud (“mahallada duvduv ran”), Quddus (“besh og’aynilar”), omon (“Bu erdan chegara o’tadi”, 3 kismli), Tog’aev (“siz kimsiz?”), Qodirov (“Qora baliq izi”, besh qismli, “Lenfilm”), Hasanov (“hayot sening qo’lingda”) va b. T. dublyaj san’ati ustalaridan. Radiola “tabassum” eshittirishi, “qarmoq” satirik radiojurnalining boshlovchisi sifatida tanilgan. “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan (1997).