Tojiev Jo’ra
Tojiev Jo’ra (1911 Toshkent 1995.12.6) — O’zbekiston xalq artisti (1967). Ijodiy faoliyatini 1928 y.da Esh tomoshabinlar teatrida boshlagan. 1930 y.dan Hamza teatrida ishlagan. Asosiy rollari: Alijon (K. Yashin, A. Umariy, “Hamza”), Boris Grigorevich (A. Ostrovskiy, “Momaqaldiroq”), Hakimjon (Uyg’un, “Navbahor”), Dobchinskiy (N. Gogol, “Revizor”), Shobarot (A. Qahhor, “Tobutdan tovush”), Graf Kent (F. Shiller, “Qaroqchilar”), Valer (Moler, “zo’raki tabib”), Rahmon (K. Yashin, “Yondiramiz”), Rozenkrans, Rodrigo (U. Shekspir, “Xamlet”, “Otello”), Abror, Toshpo’lat (Uyg’un, “Parvona”, “Parvoz”), Jamol (A. Qaxdor, “Ayajonlarim”), Jo’ra (S. Ahmad, “kuyov”) va b. Qahramonlarining tashqi qiyofasiga, yurishturishiga, mimikasiga ko’proq e’tibor berish, dilkash va oddiy kishilar qiyofasini bo’rttirib ko’rsatishga intilish T. ijodiga xosdir. Ayniqsa, “Otello” tragediyasidagi Rodrigo obrazi uning ijodida alohida o’rin tutadi.