TOJ SUYAKLI QUSHLAR

TOJ SUYAKLI QUSHLAR (Carinatae) — qushlar katta turkumi. To’sh suyak toji, uchish patlar elpig’ichi yaxshi rivojlangan; apteriyalari (terisining patsiz joylari) bor; suyaklari pnevmatik. Faqat ayrim turlari ikkilamchi marta to’sh suyagi toji, apteriyasi va suyaklar pnevmatikasini yo’qotgan. O’mrov va b. elka kamari suyaklari rivojlangan. Ko’krak tojlilar, tuyaqushlar va kivilardan tashqari barcha qushlar 24 ga yaqin turkumni va 9000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi.